Yangiliklar

21 Sentyabr 2023

XIZMAT INTIZOMI VA QONUNCHILIK BUZILISHINI OLDINI OLISHGA QARATILGAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Toshkent shahar "Qo‘riqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Toshkent shahar IIBB YHXBning mutassadi xodimlari tomonidan yo‘l transport hodisalarini oldini olish hamda yo‘l qoidalariga rioya qilish yuzasidan targ‘ibot tushuntirish ishlari olib borildi. Toshkent harbiy prokuraturasi rahbariyati bugungi kunda xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ushbu kamchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillar hamda korrupsion holatlarga aralashib qolmaslik kabi masalalarga birma-bir to‘xtalib, faoliyati davomida xatoliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar tanqidiy muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida ustoz shogird an’anasini yo‘lga qo‘yish lozimligi, intizom va tartib bor joyda rivojlanish bo‘lishi alohida ta’kidlandi. Xodimlarning huquqiy bilimlarini muntazam oshirib borish, qonunchilikdagi o‘zgarishlardan ularni xabardor etish masalasiga ham etibor qaratilib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni saqlash eng oliy burch ekanligi xodimlarga yana bir bor eslatib o‘tildi.
Uchrashuvda xodimlar kiberxavsizlik makonida sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan tanishtirildi. Bundan tashqari xodimlar konfedensial ma’lumotlar bilan ishlash tartibi, shaxsga oid axborot subyektlarining o‘z shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishni rad etishning yuridik oqibatlari haqida qimmatli ma’lutotlarga ega bo‘lishdi.