Yangiliklar

10 Noyabr 2023

XODIMLAR OʻRTASIDA XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

Xodimlar orasida xizmat va ijrochilik intizomini mustahkamlash maqsadida Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati, viloyat harbiy prokurori hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼullari tomonidan shaxsiy tarkib ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuvda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha maʼruzalar qilindi. Bundan tashqari yil boshidan buyon xodimlar tomonidan xizmat intizomi buzilishi va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar birma-bir tahlil etildi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan uchrashuvda tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning muammolari ham oʻrganilib, ular oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora tadbirlar belgilab olindi.
Tadbir soʻngida oʻz xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, xizmatdoshlariga oʻrnak boʻlgan bir guruh xodimlar faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Close menu