Yangiliklar

19 Oktyabr 2023

EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI HIMOYA QILISHGA BAGʻISHLANGAN YIGʻILISH OʻTKAZILDI

Kuni kecha Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Milliy gvardiya organlari tomonidan ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarlik ishlarini yuritishning mavjud muammolari va yechimlari yuzasidan seminar-mashg‘uloti boʻlib oʻtdi.
Unda Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Ekologiya boshqarmasi masʼullari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Seminar-mashg‘ulotida ishtirokchilar kun tartibi bilan tanishtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalardagi qonunchilik takomillashtirishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun mohiyati batafsil tushuntirilib, qonun kuchga kirgandan soʻng olib borilgan targʻibot ishlari haqida maʼlumotlar berildi.
Tadbir soʻngida OAV vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga tegishli sohaviy xizmatlarining masʼullari tomonidan batafsil javoblar berilib, oʻzaro fikr-mulohaza almashishdi.