BO‘Sh ISH O‘RINLARI YARMARKASI TASHKIL ETILDI
Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan ommaviy sayyor qabul hamda mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, unda viloyatdagi tashkilot va idoralardan tegishli soha mutaxassislari jalb qilindi. Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning oila a’zolari hamda harbiy pensionerlar, yoshlar, shuningdek, fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabulda ishga joylashish, imtiyozli uy-joyga ega bo‘lish, moddiy yordam olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kommunal to‘lovlar, harbiy guvohnoma olish masalalarida jami 22 ta murojaatlar tinglanib, shundan 4 ta murojaat qanoatlantirildi, 10 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi va 8 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi.
Bundan tashqari, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasida ishtirokchilarning 4 nafari doimiy ish bilan ta’minlandi, 10 nafar fuqaroga turli korxona va tashkilotlarga va 6 nafariga kasb hunarga o‘qitish uchun monomarkazga yo‘llanmalar berildi.