Yangiliklar

12 Noyabr 2023

HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR OʻRTASIDA QOʻL JANGI MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

Xodimlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularni zamonaviy sport turlariga qiziqishlarini oshirish hamda professional sportchilarni saralab olish maqsadida Jizzax shahrida yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi zalida qoʻl jangi sport turi boʻyicha “Dinamo” kubogi uchun musobaqa boʻlib oʻtdi.
Mazkur birinchilikda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tashkil topgan jamoalar gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdilar. Qizgʻin va murosasiz bellashuvlarda har bir polvonning ishtiroki hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholandi. Final bosqichigacha yetib kelgan eng kuchli sportchilar keskin bahs munozaralarga boy shiddatli jang olib bordilar.
Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, 1 oʻrinni viloyat IIB jamoasi, 2 oʻrinni chegara qoʻshinlari jamoasi, 3 oʻrinni esa "Qoʻriqlash" boshqarmasi jamoasi qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.