Yangiliklar

15 Noyabr 2025

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida rasmlar tanlovi oʻtkazildi

Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tashabbusi bilan 18 noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan xodimlarning farzandlari ishtirokida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Tanlovning asosiy maqsadi yosh avlodda vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, milliy bagʻrikenglik va davlat ramzlariga hurmat ruhini shakllantirishdan iborat boʻldi. Bolalar oʻz ijodiy ishlari orqali Vatanga boʻlgan muhabbat, bayrogʻimizga boʻlgan ehtirom va gʻururni aks ettirishdi.

Tadbir yakunida tanlov gʻoliblari Boshqarma rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Barcha ishtirokchilarga faol ishtiroklari uchun minnatdorlik bildirildi.

Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi kelgusida ham yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bunday madaniy-maʼrifiy tadbirlarni izchil davom ettiradi.