Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari o‘rtasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Ochiq muloqotlar davomida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga so‘nggi kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar, harakat davomida asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, yo‘l transport hodisalariga sababchi holatlar va ularni oldini olish borasida belgilangan tezlikni me’yoridan oshirmaslik, spirtli ichimlik iste’mol qilgan xolda hamda texnik nosoz transport vositalarini boshqarmaslik, hushyorlikni ta’minlash borasida gapirib o‘tilib, fikr va mulohaza qilishga undovchi, yo‘l transport hodisalari natijasida yuzaga kelgan og‘ir oqibatlarni o‘zida aks ettirgan videoroliklar namoyish qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarida tugilgan savollarga atroflicha javob berildi.