MOZIY SIRLARINI O‘ZIDA JAMLAGAN MASKAN
Namangan viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari uchun “Axsikent” ochiq osmon ostidagi muzeyiga sayohat tashkil etildi. Qiziqarli taassurotlarga boy o‘tgan sayohat davomida mutaxassis tarixchilar tomonidan bu yerda o‘rganilgan shahar qoldiqlari va ularning taalluqlilik davri haqida, shuningdek, o‘sha davr aholisi, ularning turmush tarzi, madaniy-ma’rifiy hayoti va turmush sharoiti haqida so‘zlab berishdi.
Maqsad – xodimlarni o‘z tarixiy qadamjolari, o‘sha davrdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish.