Yangiliklar

23 Fevral 2024

SHAXMAT BOʻYICHA MUSOBAQA TASHKIL ETILDI

Milliy gvardiya hamda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi va Toshkent shahar Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi shaxsiy tarkibi oʻrtasida sportning shaxmat turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
“Aql gimnastika”si hisoblanmish shaxmat musobaqasida xodimlar oʻrtasidagi bellashuvlar qizgʻin tarzda kechdi.
Yaxshi bilamizki, shaxmat musobaqasi aqliy salohiyatni rivojlantirish va uni charxlashda yaxshi omil boʻladi. Bahs va munozaralarga boy boʻlgan musobaqa davomida ishtirokchilar oʻz mahoratlarini sinab koʻrdilar.
Barchaga birdek aʼlo kayfiyat bagʻishlagan musobaqa yakunida gʻoliblar tashkilotchilar munosib taqdirlandi.