SHAXMAT BOʻYICHA MUSOBAQA TASHKIL ETILDI
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan viloyatdagi Kuch tuzulmalar oʻrtasida sportning shaxmat turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
Musobaqada yosh harbiy xizmatchilar katta ishtiyoq bilan dona surdilar. Bu esa ularning shaxmatga boʻlgan ishtiyoqi balandligi koʻrsatdi. Shu bilan birga shaxmat chindan ham tafakkurni yuksaltiruvchi shohlar oʻyin ekanligiga yana bir bor amin boʻldilar.
Bellashuvlarning yakuniy natijalariga koʻra Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi 2 oʻrinni egalladi.
Yakunda gʻoliblar va faol ishtirokchilar Yoshlar ittifoqi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.