Yangiliklar

3 Dekabr 2025

3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan ijtimoiy-maʼnaviy ahamiyatga ega navbatdagi izzat-ehtirom tadbiri oʻtkazildi.

3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan ijtimoiy-maʼnaviy ahamiyatga ega navbatdagi izzat-ehtirom tadbiri oʻtkazildi.

Mazkur tadbir davomida nogironligi boʻlgan hamda nogiron farzand tarbiyalayotgan oilalarning holidan xabar olindi. Tashriflar davomida boshqarma rahbariyati ularning muammo va ehtiyojlarini oʻrgandilar, moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatilib, bolalarga qiziqarli sovgʻalar taqdim etildi.

Ushbu kun nafaqat bir kunlik bayram, balki jamiyatning har bir aʼzosi uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish kerakligini esga soluvchi muhim sana hisoblanadi.

Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan bu tadbir ana shu ezgu maqsadlarga hamohang tarzda oʻtdi.