Yangiliklar

15 Avgust 2023

SAFDORLAR TARKIBIDAGI XODIMLARNING 146 NAFARI MALAKA OSHIRISH KURSLARINI TAMOMLADILAR

Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlatga tegishli obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslari mol-mulklarini ishonchli qo‘riqlashni takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida xodimlarning kasbiy mahoratlari doimiy oshirilib kelinmoqda.

Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Jizzax, Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilarning bilimlari oshirilib, ularga tizimga oid yangiliklar yetkazildi.

Jumladan, kuni kecha Milliy gvardiyaning 4 ta mintaqaviy o‘quv markazida 96 soatli qayta tayyorlash o‘quv rejasi va dasturi asosida “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasi safdorlar tarkibida xizmat qilayotgan 146 nafar xodimlari o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, ularga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, o‘quv yig‘ini davomida o‘qish va jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda safdoshlariga o‘rnak ko‘rsatgan tinglovchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.