Fargʻona mintaqaviy

8 Avgust 2024

FARGʻONA MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZI TINGLOVCHI VA XODIMLARI ISHTIROKIDA PROFILAKTIK UCHRASHUV OʻTKAZILDI

Harbiy intizomni yanada mustahkamlash, xodimlar orasida huquq-tartibotni mustahkamlash maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Fargʻona harbiy prokuraturasi masʼullari ishtirokida boʻlib oʻtgan mazkur tadbirda xodimlar va tinglovchilarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular orasida salbiy holatlar, intizom buzilishi, tavakkalchilikka asoslangan "totalizator", qimor oʻyinlariga berilib qarzga botish holatlarini oldini olish muhimligi haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, Fargʻona shahar FVV boʻlimi masʼul xodimlari tomonidan turli favqulodda holatlar, ayniqsa is gazidan zaharlanishning oldini olish, xonadonlarni isitishda qoʻlbola isitish uskunalaridan notoʻgʻri foydalanish natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan hodisalarning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.