Yangiliklar

7 Mart 2024

AYOL — GOʻZALLIK, SADOQAT VA FIDOYILIK RAMZI!

Yurtimizda yosharish – yangilanish fasli bahor bayramlar bilan boshlanadi. Bahorning ilk bayrami 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni mamlakatimizda har yili keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan Milliy Gvardiya Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi masʼullari 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻzlariga biriktirilgan maktablarda jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-maʼrifiy va maʼnaviy salohiyatini yuksalishida oʻzlarini ayamay mehnat qilib kelayotgan aziz va mo‘tabar oʻqituvchi-murabbiyga bayram oldi xush kayfiyat ulashish maqsadida gullar bilan kutib olib, ushbu qutlugʻ ayyom bilan samimiy muborakbod etishdi hamda ularga oʻzining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini bildirishdi.