XIZMAT INTIZOMIGA RIOYA ETISH BOʻYICHA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
Bugungi kunda sohada xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat intizomiga amal qilishlari, qonunchilikka rioya etishlari, fuqarolar bilan xushmuomala boʻlishlari yuzasidan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, kuni kecha "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi masʼullari, Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi hamda Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi xodimlari ishtirokida mazkur yoʻnalishlar boʻyicha uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda soʻz olganlar, xodimlarning xizmatda va xizmatdan tashqari vaqtlarida rahbariyat tomonidan qoʻyilgan talablarga toʻliq rioya etishlari, tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyinlarini oʻynamaslik, fuqarolar bilan muloqot vaqtida xushmuomalada boʻlishlar va boshqa qator masalalar xususida atroflicha toʻxtalib oʻtdilar. Yigʻilish yakunida barcha masʼullarga qoʻl ostidagi shaxsiy tarkibga mazkur masalalarning toʻliq mazmunini yetkazishlari boʻyicha topshiriqlar berildi.