Yangiliklar

7 Sentyabr 2021

XALQARO HAMKORLIK

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari M.J.G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasining Minsk shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiyani Belarus Respublikasi IIV Qo‘riqlash departamenti boshlig‘i polkovnik A.Shepelev kutib oldi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – tizimda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘riqlash faoliyati sohasida ilg‘or innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o‘zara tajriba almashishdan iboratdir.
Rasmiy uchrashuv doirasida, yangi qo‘riqlov jihozlarini ishlab chiqarish faoliyatini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish borasidagi ishlar atroflicha muhokama etildi.