Yangiliklar

12 May 2024

BITIRUVCHILARGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Kuni kecha Milliy gvardiyaning mintaqaviy oʻquv markazlari tinglovchilarining navbatdagi bitiruv hamda qasamyod qilish tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Unda navbatdagi oʻquv yigʻinini tamomlagan Milliy gvardiya ishchi va xizmatchilariga sertifikatlar topshirildi. Belgilangan reja asosidagi oʻquv kurslarida xodimlar mutaxassislik va huquqiy bilim asoslari, oʻq otish tayyorgarligi va jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarini toʻliq oʻzlashtirdilar.
Oʻquv markazlari rahbariyati va masʼul xodimlar ishtirok etib, tinglovchilarga zimmasidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani mukammal ado etishda egallagan bilim va koʻnikmalari oʻz samarasini berishiga ishonch bildirib, sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.
Oʻquv yigʻini davomida oʻzining namunali xulqi, tartib intizomi bilan safdoshlariga oʻrnak boʻlgan, aʼlo baholarga oʻqigan, sport musobaqasida yaxshi natijaga erishgan tinglovchilar markaz boshligʻining buyrugʻi bilan faxriy yorliq hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Tadbirlarning badiiy qismida yosh harbiy xizmatchi va xodimlarning koʻrgazmali hamda musiqali chiqishlari namoyish etildi.