Yangiliklar

10 Fevral 2024

BUYUK SHOIR ALISHER NAVOIY 583 YOSHDA

Ulugʻ shoir va mutafakkir, gʻazal mulkining sultoni Hazrati Mir Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat Universiteti qoshida tashkil etilgan Alisher Navoiy muzeyiga tashrif buyurishdi.
Ushbu ilmiy amaliy laboratoriyada Alisher Navoiyga tegishli 2000 dan ortiq eksponatlar mavjud boʻlib, xodimlar muzeyni koʻzdan kechirish jarayonida shoirning bebaho ijodi, ilmiy-maʼnaviy merosi va oʻlmas durdona asarlari bilan tanishish imkoniga ega boʻlishdi.
Ekskursiya davomida "Qoʻriqlash" xizmati xodimlariga mutafakkirning hayoti va ijodi hamda betakror faoliyati xususida koʻplab maʼlumotlar berildi.