Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi
Yosh xodimlarni Vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli va Vatan taqdiri, yurt tinchligi va himoyasi yoʻlida bor salohiyati bilan masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir etib tarbiyalash, bu borada zaruriy tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi hamda tinglovchilari oʻrtasida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.
Tadbirga tashrif buyurgan Milliy gvardiya va "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi faxriylar kengashi aʼzolari tomonidan bugungi kunda Milliy gvardiya tizimini yanada takomillashtirish yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, soha xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar toʻgʻrisida taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, xodimlarda yurtga muhabbat, kasbga sadoqat tuygʻusini mustahkamlash, ularning kasbiy jangovarligi, bilim saviyasini oshirish, korrupsiya holatlariga murosasiz boʻlish, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish hamda shukronalik tuygʻusi bilan hayot kechirish lozimligi yetkazildi.