Yangiliklar

25 Iyun 2024

Toshkent viloyatida harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarini oʻrganish maqsadida navbatdagi ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi

Bugungi kunda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini hal qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu oʻrinda, kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasida Chirchiq harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda inspektor-psixologlar hamda ularning oila aʼzolari bilan sayyor qabul oʻtkazildi.
Soha vakillari hamda ularning oila aʼzolari oʻrtasida oʻtkazilgan sayyor qabulda asosiy eʼtibor, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, oilalardagi sogʻlom muhitni tashkil etish va mavjud muammolarni hal etishga qaratildi. Sayyor qabul ishtirokchilari masʼul xodimlardan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.