Yangiliklar

13 May 2024

TOSHKENT VILOYATIDA “YOSH GVARDIYACHI” HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

Oʻquvchi yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, qolaversa, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni birlashtirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish maqsadida Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi, shuningdek hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada tumanlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar ishtirok etib, 10 ta shart asosida bellashdilar. Qizgʻin va murosasiz kechgan musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra 3 oʻrin Parkent tumani 5 IDUMning jamoasi, 2 oʻrin Chirchiq shahar 10 sonli maktabning jamoasi, faxrli 1 oʻrinni esa Oqqoʻrgʻon tumani 49 sonli maktab jamoasi qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari musobaqada oʻzini hamjihatligi, intizomliligi, saf tayyorgarligi hamda bilimdonligi bilan ajralib turgan jamoalarga turli nominatsiyalar boʻyicha diplomlar topshirildi.