Yangiliklar

5 Iyun 2024

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri aholisi va yoshlari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Sirdaryo viloyati prokuraturasi, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari mutasaddi rahbarlari ishtirokida Yangiyer shahrida joylashgan Kimyo texnologiyalar institutida aholi va Milliy gvardiyaga biriktirilgan uyushmagan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarni joylarga chiqqan holda oʻrganish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabulda ishtirok etgan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga masʼullardan javob olishdi. Xususan, mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashish, zamonaviy kasb-hunar egallash hamda oliy oʻquv yurtlarida bilim olish boʻyicha kerakli tavsiya va takliflar berilib, bir nechta murojaatlar joyida hal etildi.