SIRDARYODA "AJDODLAR IZIDAN" INTELLEKTUAL OʻYINI OʻTKAZILDI
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda yosh harbiy xizmatchilar hamda xodimlarning milliy davlatchiligimiz vujudga kelishi va taraqqiy topgan davrlarda harbiy sohada erishilgan yutuqlar shon-shuhratini tarixiy dalillar asosida zamondoshlar ongi-xotirasida mustahkamlash va yosh avlodga yetkazish maqsadida kuch tuzilmalardagi harbiy qism va muassasalardan tuzilgan jamoalar oʻrtasida “Ajdodlar izidan” intellektual oʻyinining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Tanlov ishtirokchilari “Temur tuzuklari”, Said Ahmadning “Ufq”, Mirmuxsinning “Xoʻjand qalʼasi” va Odil Yoqubovning “Ulugʻbek xazinasi” kitoblaridan tuzilgan savollar asosida oʻzaro kuch sinashishdi. Intellektual oʻyinning umumiy natijalariga koʻra gʻolib boʻlgan jamoalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.