Yangiliklar

26 Fevral 2024

SURXONDARYODA MILLIY GVARDIYAGA QABUL QILINGAN INSPEKTOR-PSIXOLOGLAR XIZMAT VAZIFASINI BAJARISHGA KIRISHDI

Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 5 fevral kuni oʻtkazilgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilishda maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga oʻtkazildi.
Inspektor-psixologlarning asosiy vazifasi, oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasini tashkil etishda maktab jamoalariga yaqindan koʻmaklashish, muntazam dars qoldiruvchi oʻquvchilarning ota-onalari bilan ishlashdan iborat.
Ushbu vazifalarni samarali ijro etilishini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiyaning respublikamiz boʻyicha boshqarmalarida inspektor-psixologlar uchun seminar mashgʻulotlari oʻtkazilib, ularga Milliy gvardiyaga qabul qilinganligi boʻyicha xizmat guvohnomalari topshirilmoqda.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasida boʻlib oʻtdi. Unda 85 nafar inspektor-psixologlarga Milliy gvardiya xizmat guvohnomalari topshirildi.
Shuni alohida taʼkidlashimiz kerakki, endilikda maktab direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, Chaqiriqqa qadar yoshlarni tayyorlash boʻyicha oʻrinbosarlari, psixolog va sinf rahbarlarining oʻquvchilar maʼnaviyatini yuksaltirish va darslardagi ishtiroki, taʼlim-tarbiya ishlarini hamohang tashkil etishga doir masʼuliyati yanada oshiriladi. Ota-onalar va mahalla faollari ishtirokidagi “oila — mahalla — maktab” hamkorligi uzviy tashkil etiladi.
Oʻquvchilarning darsda muntazam ishtirokini taʼminlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun toʻgarak va mashgʻulotlarni koʻpaytirish, ushbu jarayonlarga ota-onalar va hududdagi faol fuqarolarni keng jalb etish boʻyicha manzilli ishlar olib boriladi.

Close menu