Yangiliklar

15 Avgust 2025

Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi tizimida “Toʻmaris izdoshlari” koʻrik-tanlovining shahar bosqichi oʻtkazildi

Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi tizimlarida xizmat qilayotgan xodima ayollar oʻrtasida “Toʻmaris izdoshlari” koʻrik-tanlovining shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir xodimalarning sport bilan muntazam shugʻullanishini ragʻbatlantirish, xizmat vazifalariga sidqidildan yondashuvni mustahkamlash, shuningdek, Vatanga boʻlgan sadoqat, faxr va iftixor tuygʻularini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan 6 nafar xodima 5 ta shart boʻyicha oʻz mahoratini namoyish etdi. Ishtirokchilar oʻzaro bellashib, jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik va xizmatga oid bilimlari boʻyicha bahslashishdi.

Tadbir yakunida gʻolib va sovrindorlar boshqarma rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanib, eng yuqori natija koʻrsatgan xodimalar respublika bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasiga ega boʻlishdi.