Yangiliklar

19 Fevral 2024

MILLIY GVARDIYA MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZLARIDA TINGLOVCHILARNING BITIRUV MAROSIMI

Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlatga tegishli obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlovini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida xodimlarning kasbiy mahoratlari oshirilib kelinmoqda.
Jumladan kuni kecha Milliy gvardiya Fargʻona hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazlarida malaka oshirish va boshlangʻich tayyorlash oʻquv rejasi va dasturi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi hamda IIV PPX va JTSB safdorlar tarkibida xizmat qilayotgan tinglovchilar oʻquv yigʻinini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, oʻquv yigʻini davomida ӯqish va jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda tengdoshlariga oʻrnak koʻrsatgan tinglovchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Tadbirda mintaqaviy ӯquv markazlari rahbariyati soʻzga chiqib, tinglovchilarga tarixiy, maʼnaviy va siyosiy nuqtayi nazardan katta ahamiyatga ega boʻlgan oriyatini gʻurur va sadoqatini hamma narsadan ustun qoʻyadigan yigitlik shaʼni, oru nomusini oʻrtaga qoʻyib, oʻz zimmasidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani ado etishga bel bogʻlab ahdu paymon qilish marosimi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.