Milliy gvardiya mintaqaviy oʻquv markazlarida tinglovchilarning bitiruv va qasamyod qabul qilish marosimlari boʻlib oʻtdi
Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlatga tegishli obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulklarini ishonchli qӯriqlashni takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida xodimlarning kasbiy mahoratlari oshirilib kelinmoqda.
Jumladan kuni kecha Milliy gvardiya Fargʻona viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazlarida boshlangʻich tayyorlash oʻquv rejasi va dasturi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi safdorlar tarkibida xizmat qilayotgan xodimlar harbiy qasamyodga keltirildi.
Shuningdek, oʻquv yigʻinini muvaffaqiyatli tamomlagan navbatdagi boshlangʻich tayyorlash oʻquv rejasi va dasturi asosida Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" xizmati harbiylashtirilgan qorovullik lavozimlaridagi ishchi-xizmatchilari oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, ularga tantanali ravishda sertifikatlar va oʻquv markazi nishonlari topshirildi.
Shuningdek, oʻquv yigʻini davomida ӯqish va jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda tengdoshlariga oʻrnak koʻrsatgan tinglovchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Tadbirda Milliy gvardiyaning mintaqaviy ӯquv markazlari rahbariyati soʻzga chiqib, tinglovchilarga tarixiy, maʼnaviy va siyosiy nuqtayi nazardan katta ahamiyatga ega boʻlgan oriyatini gʻurur va sadoqatini hamma narsadan ustun qoʻyadigan yigitlik shaʼni, oru nomusini oʻrtaga qoʻyib, oʻz zimmasidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani ado etishga bel bogʻlab ahdu paymon qilish marosimi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.