QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI OʻTKAZILDI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida “Xavfsizlikni taʼminlashda IT-texnologiyalarning tutgan oʻrni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkillashtirildi.
Mazkur anjumanda Nukus davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Nukus "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi, Nukus davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi. Shuningdek onlayn tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi, Toshkent, Jizzax va Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazlari professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida mintaqaviy oʻquv markazi boshligʻi polkovnik U.S.Buzrukov soʻzga chiqib, konferensiyani ochib berdi. Undan soʻng, konferensiya ishtirokchilari “Xavfsizlikni taʼminlashda IT-texnologiyalarning tutgan oʻrni” mavzusiga oid maʼruzalari tinglandi.
Bahs va munozaralarga boy oʻtgan anjuman yakunida faol ishtirokchilarga mintaqaviy oʻquv markazi tomonidan faxriy yorliqlar va sovgʻalar topshirildi.