Yangiliklar

20 Iyul 2024

FARGʻONA MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZIDA “ZUKKO KITOBXON” KOʻRIK-TANLOVI OʻTKAZILDI

Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida “Zukko kitobxon” koʻrik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovda Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi safdorlar tarkibini boshlangʻich tayyorlash kursining tinglovchilaridan tashkil topgan «Zukkolar», Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi safdorlar tarkibini malakasini oshirish boʻyicha tinglovchilaridan tashkil topgan «Yosh kitobxonlar», IIV PATRUL-post xizmatining tinglovchilaridan tashkil topgan «Maʼrifat» jamoalari 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Bellashuv yakuniga koʻra «Yosh kitobxonlar» jamoasi gʻolib deb topildi. Koʻrik-tanlovda faol qatnashgan tinglovchilarga esdalik sovgʻalari va markazning faxriy yorliqlari topshirildi.