Yangiliklar

10 Fevral 2025

Andijon viloyatida Milliy gvardiya xodimlari donorlik aksiyasida faol ishtirok etishdi

Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari jamiyatga yordam berish, insonparvarlikni koʻrsatish va xalq salomatligini saqlash maqsadida oʻtkazilgan donorlik aksiyasida faol ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirda faol ishtirok etgan xodimlar, qon donorligi orqali yordamga muhtoj fuqarolarga salomatlikni tiklashga koʻmaklashib, oʻzining insonparvarlik fazilatlarini namoyon etib, jamiyatga qaytib boʻladigan muhim yordamni koʻrsatdilar.
Bu kabi tadbirlar gematologik, onkogematologik va boshqa davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalinganlarga yoshlarga tibbiy yordam koʻrsatish, ushbu kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish hamda yoshlarda olijanoblik, bagʻrikenglik tuygʻularini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.