Andijon viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari bilan sayyor qabul oʻtkazildi.
Kuni kecha Andijon viloyati Ulugʻnor tumani "Qoʻriqlash" boʻlimida, Harbiy prokuratura, Milliy gvardiya, FVV, "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamkorligida, harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Ushbu sayyor qabul ochiq muloqot shaklida oʻtkazilib, har bir ishtirokchilarning kundalik turmushdagi hayotiy ehtiyojlari, murojaatlari va takliflari tinglandi. Xususan oila aʼzolarini bandligini taʼminlash, ish joylaridagi shart-sharoit hamda boshqa ijtimoiy masalalar koʻrib chiqilib, murojaatlar yuzasidan atroflicha yechim izlanib, tegishli huquqiy maslahatlar berildi.
Koʻtarilgan ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, ayrim muddat talab etiladigan murojaatlar tegishliligi boʻyicha masʼullar tomonidan nazoratga olindi.