Yangiliklar

11 May 2024

Toshkent shahar IIBB va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida qidiruvdagi shaxs qoʻlga olindi

Toshkent shahar IIBB tomonidan Bektemir tumani "Qoʻriqlash" boʻlimi navbatchilik qismiga ushbu tumanda joylashgan “Xostel” mehmonxonalarining biriga qidiruvda boʻlgan 26 yoshli fuqaro A.E. joylashganligi toʻgʻrisida xabar berilgan.

Olingan xabarga koʻra tuman "Qoʻriqlash" boʻlimining tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari voqea joyiga yetib borib, koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqaro qoʻlga olingan va tuman IIB ga oʻrnatilgan tartibda topshirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.