KINOLOG-MUTAXASSISLARINING XIZMAT KOʻPKURASHI BOʻYICHA OCHIQ MUSOBAQAGA START BERILDI
Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Kinologiya markazida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi kinolog-mutaxassislarining xizmat koʻpkurashi boʻyicha ochiq musobaqaga start berildi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar Milliy gvardiya tizimida olib borilayotgan islohotlar va natijalari, harbiy xizmatchilar va xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida gapirib ishtirokchilarga musobaqada munosib ishtirok etishlari yoʻlida omad tiladilar. Shundan soʻng ishtirokchilar qura tashlash yoʻli bilan ishtirok ketma-ketligini aniqlab oldilar.
Endilikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan jami 28 nafar ishtirokchilar 5 kun davomida 6 ta shart boʻyicha, yaʼni umumiy buyruq mashqlarini bajarish, shaxs buyumidan shaxsni qidirib topish, jinoyatchini qoʻlga olish va konvoy qilish, toʻsiqlarni yengib oʻtish, iz qidiruv mashqlarini bajarish va xizmat biatloni shartlarida gʻoliblik uchun bahs olib boradilar.