TEATR – MAʼNAVIYAT OʻCHOGʻI
"Teatr bu ibratxonadir". Bu tarif alloma Mahmudxoʻja Behbudiy tomonidan ishlatilgan boʻlib, shu qisqa jumlada bir olam maʼno bor. Haqiqatdan ham teatr har qanday davrda, doim ham hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson maʼnaviyatini yuksaltirishda teatrning alohida oʻrni bor.
Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolari, Fargʻona viloyati musiqali drama teatrida S.Sultonova asari asosida sahnalashtirilgan "Makkora" nomli komediya spektakli namoyishiga tashrif buyurishdi. Voqealar rivojida jamiyatimizda ogʻriqli nuqta boʻlib kelayotgan koʻzboʻyamachilik, ortiqcha maqtanchoqlik, ozgina qilingan ishni sunʼiy va yolgʻon ravishda boʻrttirib koʻrsatish, haqiqiy muammolar ichiga tub kirib bormaslik, saviyasizlik kabi illatlar namoyon boʻladi. Inson qadri va mehr-muhabbat haqidagi mazkur asar yosh xodimlar qalbida oʻchmas iz qoldirdi desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.