Yangiliklar

29 Aprel 2024

Firibgarlikda ayblanib, qidiruvda boʻlgan ikki nafar shaxs Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qoʻlga olindi

Poytaxtimizning Mirobod tumani “Qoʻyliq” dehqon bozoriga tutash hududda jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻz xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qidiruvda boʻlgan shaxs qoʻlga olindi.
Dastlabki surishtiruvlar natijasida, qidiruvda boʻlgan ushbu shaxs 40 yoshli X.R. ekanligi maʼlum boʻlib, joriy yilning aprel oyida unga nisbatan Buxoro viloyati IIB tomonidan firibgarlik bilan bogʻliq jinoyat sodir etganligi sababli qidiruv eʼlon qilingan.
Shuningdek, olingan maʼlumotlarga koʻra, Mirobod tumani "Qoʻriqlash" boʻlimi tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari tomonidan, Fargʻona yoʻli koʻchasida joylashgan “Fayzobod korzinka” savdo majmuasida qidiruvda boʻlgan yana bir shaxs qoʻlga olindi.
Oʻrganishlar natijasida ushbu shaxs 19 yoshli fuqaro R.B. ekanligi va U, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, Yunusobod tumani IIB tomonidan qidiruvga berilganligi aniqlandi.
Qoʻlga olingan shaxslar hududiy ichki ishlar boʻlimlariga topshirildi.