ANDIJON VILOYATIDA MILLIY GVARDIYA XODIMLARI NAVBATDAGI DONORLIK AKSIYASIDA ISHTIROK ETISHDI
Qon va qon mahsulotlari avariya, tabiiy ofat va baxtsiz hodisalar oqibatida jarohatlanganlarga samarali yordam koʻrsatishda, shuningdek, qon donorligi homiladorlik va tugʻish natijasida qon ketishini boshdan kechirgan ayollarga, bezgak va toʻyib ovqatlanmaslik natijasida ogʻir anemiya bilan ogʻrigan bolalarga, qon va suyak iligi kasalliklari, gemoglobin sintezi va immunitet tanqisligi bilan ogʻrigan bemorlar, murakkab tibbiy va jarrohlik muolajalarni boshdan kechirayotganlarga juda muhim manbadir.
Shu sababli, qon va qon mahsulotlariga ehtiyoji yuqori boʻlgan insonlar yurtdoshlarimizni orasida juda koʻp. Har kuni minglab insonlar donorlar qoniga muhtojlikni sezishadi. Afsuski, qonni sunʼiy tarzda ishlab chiqishning imkoni yoʻq va uning yagona manbai begʻaraz donorlardir.
Ezgulik ulashish, insonlarni qaysidir maʼnoda hayotini saqlab qolish maqsadida Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi begʻaraz maqsadli donorlik aksiyasi oʻtkazildi.
Oʻylaymizki, hamkasblarimizning bu kabi xayrli ishlari natijasida koʻplab yurtdoshlarimiz najot topadi.