Yangiliklar

8 May 2024

SPORTNING MINI-FUTBOL TURI BOʻYICHA MILLIY GVARDIYA ANDIJON VILOYATI "QOʻRIQLASH" BOSHQARMASI BOSHLIGʻI BIRINCHILIGI OʻTKAZILDI

Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish uchun keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sportning mini-futbol turi boʻyicha Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi birinchiligi oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan musobaqada "Qoʻriqlash" boshqarmasining shahar va tuman boʻlimlaridan 17 jamoa hamda Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasining jamoalari ishtirok etdilar. Shiddatli va murosasiz bahslarga boy boʻlgan bellashuvlar barcha jamoalarni yengib, oʻz mahoratini koʻrsatgan terma jamoalar final bosqichida kuch sinashishdi. Har bir bahslar tajribali hakamlar tomonidan odilona boshqarib borildi.
Oʻtkazilgan qizgʻin bahslarga koʻra 3 oʻrinni Marhamat tuman "Qoʻriqlash" boʻlimi, 2 oʻrinni Milliy gvardiya hamda faxrli 1 oʻrinni Asaka tuman "Qoʻriqlash" boʻlimi jamoalari qoʻlga kiritdi. Musobaqani ochib bergan viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi oʻzining samimiy tilaklarni bildirib, jamoalarga diplom, medal, qimmatbaho sovgʻalar hamda birinchilik kubogini tantanali topshirdi.