Sportning oʻq otish turi boʻyicha Milliy gvardiya birinchiligi bahslari boʻlib oʻtdi
Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarining jangovar tayyorgarligini yanada oshirish, ularning merganlik qobiliyatlarini yuksaltirish boʻyicha tizimli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasiga qarashli dala oʻquv poligonida oʻq otish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqada hududiy boshqarmalari, harbiy qismlar hamda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasidan tashkil topgan jami 19 ta jamoa kuch sinashdi. Murosasiz va qizgʻin kechgan bahslarda harbiy xizmatchi va xodimlar oʻzlarining qanday mahoratga ega ekanliklarini bilib olishdi.
Yakuniy natijalarga koʻra gʻolib deb topilgan jamoalar diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.