Yangiliklar

6 Aprel 2025

Navbatdagi kitobxonlik tadbiri oʻtkazildi

Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelishgan.

Shu maqsadda, Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Namangan shahar Margʻilon koʻchasida joylashgan Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati Axborot-kutubxona markazida Kitobxonlar klubi aʼzolari ishtirokida kitobxonlik tadbiri oʻtkazildi.

Unda Kitobxonlar klubi aʼzolari tomonidan xodimlarga mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning maʼnaviy intellektual salohiyati, ongu-tafakkurini va dunyoqarashini kengaytirish, tizimda kitobxonlikni keng targʻib qilish, kitob mutolaasiga mehrini oshirish va ajdodlarimiz tomonidan bizlarga qoldirilgan ulkan badiiy merosni avaylab asrashimiz boʻyicha tushunchalar berishdi.