Yangiliklar

17 Dekabr 2025

Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish – oliy mezon

Jamiyatda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, xodimlarda masʼuliyat va hushyorlikni yanada mustahkamlash maqsadida navbatdagi targʻibot tadbiri tashkil etildi. Unda yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan soʻnggi oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek, zamonaviy harakat sharoitida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan muhim jihatlar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

Tadbir davomida soʻz olgan maʼruzachilar tomonidan yoʻl-transport hodisalariga olib kelayotgan asosiy sabablarga alohida toʻxtalib oʻtilib, ularning aksariyati belgilangan tezlik meʼyorlariga rioya etmaslik, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda transport vositasini boshqarish, texnik nosozliklar hamda harakat vaqtida hushyorlikning susayishi bilan bogʻliq ekanini taʼkidlandi.

Shuningdek, ochiq suhbat davomida ishtirokchilarni chuqur mulohazaga undaydigan, yoʻl-transport hodisalari oqibatida yuzaga kelgan ogʻir va achinarli holatlarni aks ettiruvchi videoroliklar namoyish etildi. Ushbu lavhalar orqali yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslikning qanchalik ogʻir oqibatlarga olib kelishi yaqqol koʻrsatib berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.
Shuni taʼkidlash jizki, bu kabi tadbirlarning muntazam tashkil etilishi yoʻl harakati xavfsizligiga oid bilim va tushunchalar yanada mustahkamlashga keng zamin yaratmoqda.