Yangiliklar

3 Mart 2024

Oʻquvchi yoshlar oʻrtasida “Men vatanparvarman” loyihasining navbatdagi manzili Navoiy viloyati boʻldi

Uch kun davom etgan tanlovlarda Uchquduq tumanida “Qulquduq”, Tomdi tumanida “Ayaqquduq” va Zarafshon shahrida “Daugiztau” oʻquvchi qizlar qamrab olindi.
Qizlarimizning koʻrgazmali chiqishlari, badiiy sahna koʻrinishlari, ijod namunalari, ayniqsa yuz-koʻzlaridan ufurib turgan Vatanga muhabbat hisi hayʼat aʼzolarining ziyrak eʼtiboridan chetda qolmadi.
Jarayonda qatnashgan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori B.Kudratxodjayev tomonidan oʻquvchi qizlarning mahorati va bilimlari eʼtirof etilib, gʻolib va sovrindorlarga "Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori kubogi", diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi.