Yangiliklar

20 Fevral 2024

Milliy Gvardiya Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazida "Qurolli Kuchlarda mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirishdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazida "Qurolli Kuchlarda mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirishdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya harbiy oliy taʼlim muassasalari va oʻquv markazlaridan mutaxassislar ishtirok etishib, mavzu yuzasidan ilmiy asoslantirilgan maʼruzalar qilishdi.
Ilmiy-amaliy konferensiya bugungi kunda harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiyaviy jarayoni, oʻquv mashgʻulotlarini va jangovar boʻlinmalarda jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻziga xos jihatlari, ilgʻor davlatlar tajribalari, kamchilik va yutuqlar hamda uni tashkillashtirishdagi yondashuv va muammolarni tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻlgan anjuman soʻngida hamkorlikda amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi va konferensiya materiallari asosida oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlanadigan boʻldi.