OʻQUVCHILAR MILLIY GVARDIYA FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR
Kuni kecha Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasida Qarshi shahridagi 45-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Oʻgʻil-qizlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, armiya hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uyushtirilgan tadbir kun davomida ishtirokchilarda koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Unda xizmatda foydalanilib kelinayotgan otlar, ularning vazifalari boʻyicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, kinologiya yoʻnalishi, xizmat itlarining jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi imkoniyatlari koʻrsatib oʻtildi. Tadbir davomida yoshlar hududdagi texnikalar, maxsus himoya vositalari bilan yaqindan tanishib, amaliy tarzda ularning xususiyatlarini sinab koʻrdilar.