HAMKORLIKDA OʻTKAZILADIGAN TAKTIK-OʻQUV MASHGʻULOTLARI SHAXSIY-TARKIBNING NAZARIY BILIM VA AMALIY KOʻNIKMALARINI MUSTAHKAMLAYDI
Maʼlumki, tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar hamda boshqa holatlarda aholining harakatlanishi, hodisalar oqibatini bartaraf etishda koʻriladigan chora-tadbirlarni targʻibot qilish maqsadida qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazib boriladi.
Toʻraqoʻrgʻonda bugundan “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha harakatlari” mavzusida hamkorlikdagi ana shunday tadbir boshlandi.
Favqulodda vaziyatlarda harakatlanishni har kim, har doim bilishi zarur. Oʻquv mashgʻulotida ana shu jarayonlar amaliy koʻrsatilib, hamkor tashkilotlarning tayyorgarlik holati koʻzdan kechirildi.