Bayram munosabati bilan Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari masʼullari matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga chuqur minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalarini topshirdi
Bayram munosabati bilan Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari masʼullari matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalarini topshirdi. Har bir taqdimot ushbu insonlarning axborot makoni va ijtimoiy hayotga qoʻshgan beqiyos hissasiga samimiy hurmat va eʼtirof ramziga aylandi.
Qoʻriqlash xodimlari tabrik soʻzi bilan soʻzga chiqib, jamoatchilik fikrini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining alohida oʻrnini, fuqarolarni xolis va halol xabardor qilish muhimligini taʼkidladilar. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga sihat-salomatlik, ijodiy yutuqlar va kasbiy oʻsish, mashaqqatli mehnatlarida matonat va jasorat tiladilar.
Bundan tashqari, kelgusida samarali hamkorlik qilish va jamiyat farovonligi yoʻlida bir-birini qoʻllab-quvvatlashga umid bildirildi. Ushbu bayram matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyatining ahamiyati va muhimligini eʼtirof etish, ularning kundalik mehnati va fidoyiligi uchun oʻz minnatdorchiligi va hurmatini bildirish uchun yana bir sabab boʻldi.