9 MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN VATANPARVARLIK TADBIRI OʻTKAZILDI
Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Paxtaobod tumanidagi 19 sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchi yoshlar ishtirokida “Xalq va armiya – bir tanu, bir jon!” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda oʻquvchi yoshlarga harbiy anjom-aslahalar koʻrgazmasi tashkil etilib, Tigr laqabli xizmat itining qiziqarli chiqishlari namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida oʻquvchi yoshlar uchun kamondan otish boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qoʻl jangi sport turi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad – oʻquvchi yoshlarni harbiy kasbga yoʻnaltirish hamda vatanparvarlik sifatlarini oshirishdan iborat.