Buxoro harbiy prokuraturasi tomonidan Milliy gvardiya Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida "Huquqbuzarlik va jinoyatlarga qarshi kurashishda barchamiz masʼulmiz" mavzusida muloqot oʻtkazildi.
Unda shaxsiy tarkibga mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.
Bundan tashqari boshqarma Tibbiyot boʻlinmasi masʼul xodimlariga shaxsiy tarkib orasida sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtilishi, sogʻligi boʻyicha shikoyati bilan murojaat qilgan xodimlarni alohida nazoratga olib, ularga kerakli yordam va maslahatlar berish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berib oʻtildi.
Savol-javoblarga boy boʻlgan suhbatda ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalarda toʻliq tushuntirishlar berildi.