Yangiliklar

19 Aprel 2024

XODIMLAR UCHUN ULUGʻBEK RASADXONASIGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Fuqarolarning farovon turmush kechirishi, osoyishtaligi, koʻp jihatdan yurt tinchligi va uning barqarorligi bilan oʻlchanadi.
Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari yuklatilgan vazifalarni sidqi dildan, bekamu koʻst bajarishida ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilgan boʻlishi muhim sanaladi. Shu boisdan Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarining mehnat samaradorligini oshirish borasida xodimlar oʻrtasida Samarqand shahridagi tarixiy obidalarga sayohatlar uyushtirish borasida bir qator ishlarni amalga oshirib kelishmoqda.
"Qoʻriqlash" xizmati xodimlarining navbatdagi sayohati Ulugʻbek rasadxonasiga boʻldi. Bu yerda xodimlar Mirzo Ulugʻbek davrining oʻziga xos tarixi hamda davlatchiligi asoslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Bu kabi sayohatlar xodimlarda tarixga boʻlgan qiziqishlarini ortib borishi bilan birga mehnat faoliyati davomida samaradorlikka erishishida muhim ahamiyat kasb etadi.