Yangiliklar

31 Oktyabr 2024

Samarqand shahridagi Mirzo Ulugʻbek rasadxonasiga sayohat uyushtirildi

Samarqand shahar "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari, xonadonlar va obyektlarning qoʻriqlovini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlashga qaratilgan vazifalarni bajarib keladi. Shaxsiy tarkibning xizmatga boʻlgan masʼuliyatini yanada oshirish va boy tariximiz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishini taʼminlash maqsadida ularni xizmatdan boʻsh vaqtlarida maʼdaniy xordiq chiqarishlari uchun turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va diqqatga sazovor joylarga sayohatlar yoʻlga qoʻyilgan.
Navbatdagi sayohat Samarqand shahridagi Mirzo Ulugʻbek rasadxonasiga uyushtirildi. Bu yerda sayohatchilar Mirzo Ulugʻbekning osmon jismlarini oʻrganishda olib borgan tadqiqotlari va izlanishlari davomida foydalangan asbob-uskunalari bilan yaqindan tanishib, rasadxonaning tarixi toʻgʻrisida yetarlicha maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Tashkil etilgan sayohat barchada iliq taassurot qoldirdi.