Yangiliklar

3 Noyabr 2024

Samarqand shahridagi Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi

Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan harbiy xizmatchi, xodimlar va ularning oila aʼzolarining dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand shahridagi Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar muzeyning boy tarixini, madaniy merosini va sanʼatini oʻrganish imkoniyatiga ega boʻldilar. Muzeydagi eksponatlar orqali oʻzbek xalqining tarixiy, madaniy va ijodiy qadriyatlari bilan tanishish, ularni himoya qilish va kelajak avlodlarga yetkazish muhimligi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Bundan tashqari harbiy xizmatchi, xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun oʻtkazilgan ekskursiyalar, ijodiy master-klasslar va madaniy tadbirlar ularning dam olish kunini yanada samarali va manzarali qildi. Bunday tadbirlar nafaqat dam olish, balki bir-birlari bilan aloqalarini mustahkamlashga ham yordam beradi.